Kirish zalida Surxondaryo viloyatining tarixiy-relyefli xaritasi, Oʼzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.А.Karimovning dasxati, soʼngi bronza davridan milodiy XV asrgacha boʼlgan davrlarga ta'luqli noyob eksponatlar oʼrin olgan.
Termiz arxeologiya muzeyining rasmiy web sahifasiga xush kelibsiz!
Termiz arxeologiya muzeyi O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi va loyihasi bo'yicha Termiz shahrining 2500 yillik yubileyi munosabati bilan viloyat hokimining 2001 yil 26 noyabrdagi 218-sonli qarori asosida tashkil etilgan. Muzeyning rasman ochilgan kuni 2002 yil 2 aprel.
Termiz arxeologiya muzeyiga har yili o'rtacha 80 mingga yaqin mahalliy tomoshabinlar va xorijlik sayyohlar tashrif buyuradi. Muzey ekskursovodlari va ilmiy xodimlari tashrif buyurgan tomoshabinlarga o'zbek, rus, ingliz va tojik tillarida qiziqarli va mazmunli ekskursiyalar o'tishadi.
Аrxeologiya muzeyining umumiy maydoni 9908 m2 ni tashkil etadi. 2002 yilda Termiz arxeologiya muzeyida 27 mingdan ortiq eksponatlar mavjud edi, bugungi kunda muzeyda 100 mingdan ortiq arxeologiya va numizmatikaga oid eksponatlar saqlanadi...
Termiz arxeologiya muzeyi tashrif buyuruvchi tomoshabinlarga qulaylik yaratish maqsadida bir qancha xizmatlarni taklif etadi:
Gid - Ekskursovod xizmati
O`zbek, rus, ingliz va tojik tillarida muzey zallari bo`ylab ekskursiya o`tish xizmati.
Audiogid xizmati
Muzey zallari bo`ylab audiogid qurilmasi orqali ko`plab xorijiy tillarda muzey ashyolari va kolleksiyalari haqida ma`lumotlar olishingiz mumkin.
Bepul Wi-Fi hududlari
Muzey hududi bo`ylab bepul Wi-Fi zonalari tashkil etilgan bo`lib, tomoshabinlarning maroqli hordiq chiqarishiga xizmat qiladi.
Esdalik sovg`alar do`koni
Muzeyning noyob eksponatlari nusxalari, hunarmandchilik buyumlari va kitoblardan iborat esdalik sovg`alari do`koni tomoshabinlarga xizmat ko`rsatadi.
Muzqaymoq va yaxna ichimliklar
Yozning jazirama kunlarida muzqaymoq va yaxna ichimliklardan bahramand bo`ling.
Turistik axborot markazi
Yurtimizning mashhur tarixiy yodgorliklari va boshqa diqqatga sazovor joylari haqida ma`lumot beruvchi Turistik axborot markazi tomoshabinlarga xizmat ko`rsatadi.
Virtual sayohat
Muzeyning 3D ko`rinishi dunyoning istalgan joyidan turib Termiz arxeologiya muzeyi bo`ylab virtual sayohat qilishga imkon beradi.